A-
 A 
A+
http://quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/412015Banner_5.jpg
http://quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/687323Banner_3.jpg
http://quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/988715Banner_7.jpg
thumbnailthumbnailthumbnail
http://quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/948903Banner_6.jpg
http://quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/446341Banner_1.jpg
http://quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/171121Banner_8.jpg
thumbnailthumbnailthumbnail
Танловга: SAODAT KALITI
PDF Босма E-mail

Adolatning mezonin
Zul Jalolning kalomin
Yer yuzining nizomin
Har lafzini shirkdan poklayin
Qo’yib bering Qur’on yodlayin

Faxr ila ko’zda yosh ila
Hidoyatga intilish ila
Go’zal sabr va bardosh ila
Qo’yib bering Qur’on yodlayin

Amal qilib har bir hukmiga
Chiroq qilib olay qo’limga
Misli ziyo bo’lsin yo’limda
Qo’yib bering Qur’on yodlayin

Jiddu jahd va ko’p rag’bat bilan
Sodiqligu ham g’ayrat bilan
Cheksiz sevgi muhabbat bilan
Qo’yib bering Qur’on yodlayin

Umid qilib mangu farog’at
Bu dunyodan bo’lib bexojat
Bor ne’matga qilib qanoat
Qo’yib bering Qur’on yodlayin

Chetga surib o’yin-kulguni
Kamroq qilib tunda uyquni
Ko’zlarimga surib  men  uni
Qo’yib bering Qur’on yodlayin

Qo’lga olsam, buyuk hamsuhbat
O’lik qalbga baxsh etar hayot
Oxiratda buyuk mukofot
Qo’yib bering Qur’on yodlayin

Mo’min uchun hikmat va ibrat
Johillikdan berar  u najot
Inshalloh qilar shafoat
Qo’yib bering Qur’on yodlayin

Mo’jiza  u buyuk mo’jiza
Do’st bo’lganga qanday yaxshi do’st
Imkon qadar  men  bir ojiza
Qo’yib bering Qur’on yodlayin

Bas  toqatim yetgunigacha
Qalbim obod etgunigacha
To  qabrga ketgunimgacha
Qo’yib bering Qur’on yodlayin

Qabrdagi hamrohim bo’lsin
Sirotdagi yo’ldoshim bo’lsin
Tashna qalbim hikmatga qonsin
Qo’yib bering Qur’on yodlayin…

ROBBIM ATO  ETGAN  XALOSKOR

Dunyo edi jaholatu zalolatga bir makon
Zulm, jabr, yоvuzliklar hukm surar beomon
Mittigina go’dak qizlar boshlari uzra ketmon
Tiriklayin ko’milardi na ko’rardi ro’shnolik
Onalarning qalbi pora qon yig’latar judolik

Adolatni vijdonni unutgan bu johillar
Insonni inson emas bir asir deya bilar
Ayollar ham qadrsiz har eshikda xoru zor
Yovuzliklar qa’rida na ko’rardi ro’shnolik
O’zligidan ayrilgan qon yig’latar judolik…
*  *  *
Habibimiz qalbiga solib cheksiz hidoyat
Mazlum bandalariga aylab buyuk inoyat
Ming kechadan afzal tunda nurli aylab osmonni
Buyuk Robbim nozil qildi bu mo’jiza Furqonni

23 yil davom etgan bu samoviy muloqot
Muslimlarga bo’ldi go’yo buyuk hadya mukofot
Iymon yomg’iri ila unib chiqdi qalblarda
Yovuzliklar tuprog’iga singib ketgan diyonat

Har lafzida fasohat madh etar imonni
Har lafzida balog’at karamlaydi insonni
Hidoyat va ofiyat xazinasi shubhasiz
Ikki dunyo saodatin naqd qilguvchi mo’jiza

Xabar berar moziydan fosiqlarning ahvolin
Shayton vasvasasiyu nabiylarning kamolin
Solixlarga mukofot gunohkorlarga chora
Har lafzida cheksiz ma’no haqiqatga ishora

Mazlumlarning qalblariga bahor bo’lib keldi  u
Toptalgan huquqlarning badalidan xushxabar
Huzurimda nasibang bor visolgacha qil sabr!
Deya xitob qildi Rahmon ojiz bandalariga

Bundan ziyod nusrat bormi bu zaifa qalblarga
Mashaqqatlar ostida ortib borarim oni
Dinsizlarning sitamlari ko’r qilar o’z qalblarin
Mahrumlikdan ortiq jazo bormi  u  zolimlarga
*   *   *
Ko’rdim  ne-ne  shoirlarni mashhur qilgan she’rlarin
Ko’rdim  ne-ne  podshohlarning boshqaruv qonunlarin
Lek yillar davomida yo’qotib o’z qiymatin
Asrlar changalida singib ketdi moziyga

XIV asr davomida saqlab komil sur’atin
Mo’minlarning qalbiga ato etib ziyo nur
Robbim qildi o’z kalomin insoniyat ahliga
Zulmatdan nur  sari  olg’a yetaklovchi vosita…

Xadichai Kubro ayol-qizlar o`rta maxsus islom bilim yurti 3-kurs talabasi Malikova Muattar